2023 yilda Özbekiston tarixida ilk marta bir yil içida 1 millionga yaqin çaqaloq tuğildi. Özbekistonliklar soni 37 milliondan oşgan. Xöş, bu trend keyingi yillarda ham saqlanib qoladimi, taxminiy prognozlar qanday? Nikohlar yildan yilga kamayib boryapti, biroq tuğiliş ösyapti. Bunga sabab nima?

Köp bolali oilalar

Adiba Mengliyeva 29 yoşda, u oilasi bilan Toşkent şahridagi köp qavatli uylardan birida yaşaydi. U salkam qahramon ona. Çunki 7 yil içida 4 nafar farzandni dunyoga keltirgan. Adibaning uçinçi qizi esa ötgan yilning rekordçi çaqaloqlaridan biri. Boisi 2023 yilda Özbekiston tarixida ilk bor 1 yil içida 1 millionga yaqin çaqaloq tuğildi. Adibaning uçinçi qizi ham şu rekordni örnatişga yordam bergan. Adiba 22 yoşida oila qurgan va ilk farzandini 23 yoşida dunyoga keltirgan. “Keyingi farzandim 25 yoşimda, 28 yoşimda esa uçinçi va 29 yoşimda törtinçi farzandim tuğildi”, – deydi u.

29 yoşli Adiba Mengliyeva

Iqtisodçi, demografik tadqiqotçi Muhabbat Ahmedovaning aytişiça, Özbekistonda tuğilişning ösişiga Adibaga öxşagan ayollar katta ta’sir körsatyapti. Tuğiliş ösayotganiga sabab yangi oilalar köpayayotgani emas, balki oilalar köp farzandli böliş modeliga ötayotgani bölişi mumkin. Bu haqda 2022 yilda ötkazilgan tadqiqoti natijalaridan misol keltiradi. “Sönggi 5 yilda, ayniqsa 2018 yildan boşlab har bir oilaga 3 va undan köp farzandlar töğri kela boşlagan. Buning sababini biliş uçun 2022 yilda Özbekistonda tuğiliş körsatkiçlariga qanday omillar ta’sir qilişi böyiça sörovnoma ötkazganmiz. Unda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi 3 va undan ortiq farzandli ayollar qatnaşgan”, – deydi u.

Şuningdek, köp bolali oilalarning köpayişiga Özbekistonda daromadlar oşişi ham ta’sir qilayotgani aniqlangan. Ya’ni daromad oşsa, oilalar farzandlarini köpaytirişgan. “Bu Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlardan keskin farq qiladigan bir tendensiya”, – dedi iqtisodçi.

Tadqiqotda sönggi yillarda ayollar orasida kontratseptiv vositalardan foydalaniş pasayib borayotgani va aholi orasida diniy qaraşlarning mustahkamlanişi kabi sabablar ham ayollarning köproq farzand körişiga kam foizda ta’sir qilayotgani aniqlangan.