Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi vatandoşlarni jamoat joylarida huşyor bölişga çaqirdi.

Qayd qilinişiça, Boş konsulxona xodimlari va Turkiya IIV Politsiya taşkiloti vakillari örtasida maslahatlaşuv ötkazilgan. Unda 23 oktyabr kuni Anqara şahrida sodir etilgan terrorçilik hujumi oqibatlari va jamoat xavfsizligini ta’minlaş çora-tadbirlari muhokama qilingan.

Boş konsulxona vatandoşlarni jamoat joylarida huşyor bölişga, ehtiyot çoralarini körişga, ayniqsa aeroport, temiryöl vokzali, avtoşohbekat, kema stansiyalari, metro va boşqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilişga çaqirdi.

Şuningdek, Turkiyadan çiqib ketiş arafasida bölgan fuqarolarga aeroportlarga qayddan ötiş (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib boriş, şubhali buyumlar va şaxslar töğrisida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni ta’minlaş bölinmalariga xabar beriş tavsiya etildi.

Turkiyada terakt 23 oktyabr kuni sodir etildi. Qurollangan şaxslar Anqara yaqinidagi Turkish Aerospace (TUSAŞ) kompaniyasi ştab-kvartirasiga hujum qildi, oqibatda 5 kişi halok bölib, 10 nafardan ortiği yaralangan edi.