Blokada ostidagi Ğazo sektori şimolidagi falastinliklar halok bölişi mumkin, deya yozdi BMTning Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligi (UNRWA) boş komissari Filipp Lazarini ijtimoiy tarmoqda. U eksklavda heç bölmaganda vaqtinçalik öt oçişni töxtatişga çaqirdi.

U Isroil armiyasining qariyb uç haftadan beri davom etayotgan öqqa tutişi tufayli Ğazo şimolida qurbonlar soni kundan kunga ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Hatto UNRWA xodimlari dori-darmon, oziq-ovqat va içimlik suvini topişda qiynalmoqda, deb yozadi Lazarini.

UNRWA boş komissari, şuningdek, Isroil halok bölganlarning jasadlarini olib çiqişga va insonparvarlik harakatlariga tösqinlik qilayotganiga e’tibor qaratdi. «Yöllarda va vayronalar ostida qolgan jasadlardan ölim hidi hamma joyda sezilyapti», — deyiladi naşrda.

Ğazo sektori şimolidagi falastinliklar özlarini taşlab ketilgandek, umidsiz va yolğiz his qilmoqda, deydi u. «Ğazo şimolidagi odamlar har lahzani ölim qörquvi bilan ötkazyapti. Ğazo şimolidagi xodimlarimiz nomidan men hududni xavfsizroq joyga tark etişni xohlovçi oilalarga gumanitar yordam xavfsiz ötişini ta’minlaş uçun bir neça soatga bölsa ham zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqiraman», — deb yozadi UNRWA rahbari.