Isroil armiyasi Livanda quruqlikdagi operatsiya boşlanganidan uç hafta ötib, eronparast «Hizbulloh» harakati ança zaiflaşgan degan xulosaga keldi. «Biz «Hizbulloh»ning qömondonlik tuzilmasini butunlay yöq qildik, endi janglarni töxtatiş mumkin», dedi Isroil armiyasi boş ştabi boşliği Xersi Halevi 24 oktyabr, payşanba kuni keçqurun.
Sentyabr oyi oxiridan beri Isroil qurolli kuçlari Livandagi «Hizbulloh» obektlariga yerdan va havodan zarbalar bermoqda. Ular bir yildan beri «Hizbulloh»ning Ğazo sektoridagi Falastinning Hamas harakati jangçilarini qöllab-quvvatlaş maqsadida Isroil hududiga tinimsiz raketa hujumlari uyuştirayotganiga munosabat bildirmoqda.
Isroilning Livandagi amaliyoti davomida «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrulloh va uning vorisi Hoşim ad-Din va boşqalar öldirilgan.
«Hizbulloh» Netanyahu qarorgohiga hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi
Livanning «Hizbulloh» harakati 19 oktyabrda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Kesariyadagi qarorgohiga uçuvçisiz uçoq hujumi uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi.
Bu haqda taşkilot vakili Muhammad Afif Bayrutdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Qarşilik harakati Kesariyadagi operatsiya va harbiy jinoyatçi Netanyahu uyiga qilingan hujum uçun töliq va mutlaq javobgarlikni öz zimmasiga oladi», dedi u Bayrutdagi matbuot anjumanida.
Avvalroq kanselyariya hukumat rahbari qarorgohiga dron bilan hujum qilingani faktini tasdiqlagan edi.
Isroilning Kan jamoat telekanali ma’lumotlariga köra, dron boş vazirning yotoqxonasi oynasiga kelib urilgan.









