Moskva hukumati 2025 yilda tajriba tariqasida migrantlarga xorijlik fuqaroning elektron guvohnomasini tarqatişni boşlaydi. Bu haqda şahar meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
«Migrantlar uçun keyingi yildan tajriba tariqasida federal qonunga asosan elektron pasport joriy etamiz», — deydi Sobyanin jurnalistlar bilan uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, elektron hujjat «barça ma’lumotlarni» özida jamlaydi: Rossiyaga kirilgan sana, biometrik ma’lumotlar, iş joyi va röyxatdan ötgan yoki ötmaganligi.
Sobyaninning qöşimça qilişiça, politsiyaçilar reydlar davomida maxsus qurilmalar yordamida migrantlarning guvohnomalarini tekşiradi. Agar hujjatda biror kamçilik bölsa, politsiyaçilar çora körişga majbur böladi. «Gadjetiga uşbu holatni qayd etişi bilan, u qonunbuzarni qöyib yubora olmaydi: qurilmada qizil yonsa, fuqaro qidiruvda ekanini, migratsiya rejimini buziganini anglatadi», — deydi Sobyanin.
Moskva rahbarining qöşimça qilişiça, 2025 yilda tajriba tariqasida Moskva aeroportlarida barça, jumladan, RF hududiga kirişda viza talab etilmaydigan xorijliklar uçun ham biometrik nazorat joriy etiladi.
Avvalroq, öndan ortiq oblastlar, jumladan, Novosibirsk, Samara, Tula, Magadan va Çelyabinskda xorijlik fuqarolar mehnatiga taqiq joriy qilingan edi. Bu çora-tadbirlar 22 mart kuni «Krosus Siti Xoll» konsert zalida Tojikiston fuqarolari ayblangan teraktdan keyin kuçaytirildi.
Bundan taşqari, Rossiyaning ayrim hududlarida migrantlar mehnati taqiqlangan sohalarda ularni işga olganlik uçun katta miqdorda jarimalar joriy qilingan. Yuridik şaxslar million rublgaça, mansabdor şaxslar 50 ming rublgaça, migrantni yollagan jismoniy şaxslar esa 4 ming rublgaça jarimaga tortilişi mumkin.











