Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari kengaşlariga saylovlar bölib ötmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi 59-saylov uçastkasiga taşrif buyurib, ovoz berişda iştirok etdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz beriş huquqi, öz xohiş-irodasini bildiriş tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.

Saylovda beşta: Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi iştirok etmoqda. Bu muhim voqea “Mening tanlovim – obod Vatanim” şiori ostida, rivojlangan ijtimoiy-siyosiy muhitda ötmoqda.

Özbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunçilik palatasi saylovlari aralaş saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida ötkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovçilar özlariga maqbul nomzodlarga ovoz berişi yöli bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim böyiça siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanişadi.

Saylov qonunçiligi ilğor demokratik standartlarga mos ravişda tubdan takomillaştirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boşçiligidagi yangi tizimi joriy etildi, jamiyat hayotida xotin-qizlarning rolini oşiriş maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar körsatişda ayollarning uluşi kamida 40 foiz bölişi belgilandi.

Joriy yilgi saylovlarning yana bir e’tiborli jihati – bu jarayon iştirokçilarining özaro munosabatlari töliq raqamlaştirilgan holda E-Saylov axborot tizimi orqali amalga oşirilganida namoyon böldi. Mazkur axborot tizimi saylovlarning oçiqligini yuqori bosqiçga olib çiqdi.

Mamlakatimizdagi saylovlar yuqori demokratik tamoyillar asosida, oçiq va şaffof tarzda ötmoqda. Fuqarolar ham amalga oşirilayotgan demokratik islohotlarga xayrixoh bölgan holda saylovlarda faol iştirok etişmoqda.