«Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

Unga köra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvçi hokimiyatning oliy organi bölib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat körsatişiga rahbarlik qilişni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, prezident farmonlari, qarorlari va farmoyişlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi Özbekistonda ijro etuvçi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.

Vazirlar Mahkamasi öz faoliyatida Oliy Majlis va prezident oldida javobgardir.

Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qömitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

Vazirlar Mahkamasi Özbekiston hukumatining a’zolari – boş vazir, uning örinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpoğiston Respublikasi hukumatining boşliği Vazirlar Mahkamasi tarkibiga öz lavozimi böyiça kiradi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.