«Gurjiston orzusi» asosçisi, Rossiya bilan aloqalarga ega bölgan oligarx Bidzin Ivanişvili ekzit-poll natijalaridan keyin tarafdorlari qarşisida çiqiş qilmoqda, 2024 yil 26 oktyabr
Giorgi Arjevandze / AFP / Scanpix / LETA

Gurjiston markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlarida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi ğalaba qozonganini e’lon qildi. Protokollarning 99,7 foizi hisoblab çiqilganda «Gurjiston orzusi» 54,1 foiz ovoz töplagani ma’lum bölgan, bu esa unga parlamentda yakka özi hukumat şakllantiriş uçun yetarli bölgan köpçilik örinlarni kafolatlaydi, ammo bu Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş uçun yetarli emas. Parlamentga yana törtta muxolifatçi partiya ötgan — «Özgarişlar uçun koalitsiya» (10,9 foiz ovoz olgan), «Birlik milliy harakati» (10,1 foiz), «Kuçli Gurjiston», (8,8 foiz), «Gaxariya — Gurjiston uçun» (7,8 foiz).

«Gurjiston orzusi» yirik şaharlarda mamlakatning örtaça körsatkiçidan ham yomonroq natijalarini qayd etgan (Tbilisi — 40 foiz, Batumi — 49,7 foiz, Kutaisi — 47,3 foiz), ammo bu şaharlarda ham birinçi örinni egallagan. Faqat xorijdagi uçastkalarda muxolifat ustun kelgan, xorijdagi saylovçilarning faqat 15 foizi hukmron partiyani qöllagan.

Eng yirik muxolif partiyalar natijalarni tan olişdan boş tortdi. «Birlik milliy harakati» va «Özgarişlar uçun koalitsiya» saylov uçastkalari yopilganidan bir neça soat ötib saylovlar «öğirlangani»ni ma’lum qilib, hukmron partiyani «konstitutsion töntariş»da aybladi va 27 oktyabrdan muntazam norozilik aksiyalari boşlaşini e’lon qildi. «Özgarişlar uçun koalitsiya» keng kölamli soxtalaştiriş sxemasini foş qilganini aytmoqda; tafsilotlar keyinroq oçiqlanişi va’da qilingan. Keyinroq «Kuçli Gurjiston» ham xuddi şunday bayonot bilan çiqdi. Uçala harakat ham qölga kiritilgan deputatlik mandatlaridan voz keçişini bildirgan.

«Gaxariya — Gurjiston uçun» partiyasi yetakçisi Giorgi Gaxariya esa uning partiyasi mandatlardan voz keçişi ehtimoli haqidagi savolga töğridan töğri javobdan qoçib, avvaliga kuzatuvçilarning keng kölamli qoidabuzarliklar haqidagi hisobotini örganiş lozimligini aytgan. Şu bilan birga, u ham e’lon qilingan natijalar «gurji xalqi irodasini aks ettirmasligi»ni ta’kidlagan.

«Birlik milliy harakati» yetakçilari matbuot anjumanidan oldin, 2024 yil 27 oktyabr