Moskvada 2025 yildan boşlab çet eldan kelgan işçilar uçun patent miqdori 8,9 ming rublni taşkil etadi. Bu amalda belgilangan narxlardan 1,5 ming rublga qimmatroq, deydi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin.

«Migrantlar soliqlar nuqtai nazaridan fuqarolarimiz bilan taqqoslanadigan miqdorda pul tölaşi — muhim masala. Biz fuqarolarimizning har oylik daromad soliqlari ötkazmalaridan kelib çiqamiz va uni şu toifadagi işçilarniki bilan soliştiramiz. Ma’lumki, ular yuqori malakali insonlar toifasi emas. Bugungi kunda oylik tölanadigan patent 7,5 ming rubl bölib, uni daromad soliği avansi deb hisoblaş mumkin. 1 yanvardan boşlab u 8,9 ming rubl böladi», — deydi Sergey Sobyanin.

Moskva merining sözlariga köra, bu çora-tadbirlar iş beruvçilarning migrantlar va Rossiya fuqarolari uçun xarajatlarini tenglaştiriş imkonini beradi. «Mexanizm ança oldin işlab çiqilgan, u migrant iş beruvçiga fuqarolarimizdan köra arzonroq tuşmasligiga qaratilgan masalani tartibga soladi», — deya ta’kidlaydi Sobyanin.

Sobyaninning qayd etişiça, Moskvada mehnat patentlarini beriş böyiça sezilarli ösiş kuzatilmayapti, hozirda bu qariyb 450 mingtani taşkil etmoqda.

Avvalroq Moskva hukumati 2025 yilda tajriba tariqasida migrantlarga xorijlik fuqaroning elektron guvohnomasini tarqatişni boşlaşi töğrisida xabar berilgandi. Elektron hujjat «barça ma’lumotlarni» özida jamlaydi: Rossiyaga kirilgan sana, biometrik ma’lumotlar, iş joyi va röyxatdan ötgan yoki ötmaganligi.