Klub rasmiy sayti xabariga köra, jamoani vaqtinçalik Ruud van Nistelroy boşqaradi. U bungaça Erik ten Hagning yordamçisi sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Niderlandiyalik mutaxassis qoniqarsiz natijalar uçun lavozimidan ozod etilgan.
«MYu» yakşanba kuni «Vest Hem»ga mağlubiyatga (1:2) uçrab, APL turnir jadvalida 14-örinda bormoqda.
Ma’lumot uçun, Ten Hag 2022 yilning aprel oyida «MYu» boş murabbiyiga aylangandi. Uning qöl ostida jamoa 2022/23 yilgi mavsumda Angliya liga kubogini qölga kiritgan bölsa, 2023/24 yilgi mavsumda Angliya kubogi sohibiga aylangandi.













