Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Isroil parlamentining Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam işlari agentligi (UNRWA) işini jiddiy çeklaydigan qonun loyihalaridan «çuqur xavotir bildirmoqda». Bu haqda 27 oktyabr, yakşanba kuni Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligi e’lon qilgan yetti davlat taşqi işlar vazirliklarining qöşma bayonotida aytiladi.
«UNRWA Ğazo sektori, Şarqiy Quddus, Ğarbiy sohil va butun mintaqadagi falastinlik qoçqinlarga muhim va hayotni saqlab qoladigan insonparvarlik yordami va asosiy xizmatlarni taqdim etadi. Uning işisiz bu yordam va xizmatlar, jumladan, ta’lim, soğliqni saqlaş va Ğazoda yonilği taqsimoti masalasi juda qiyinlaşadi», deyiladi ma’lumotda.
Taşqi işlar vazirlari Isroil hukumatini xalqaro majburiyatlarini bajarişga, UNRWA imtiyoz va immunitetlarini saqlab qolişga hamda barça şakllarda töliq, tez, xavfsiz va çeklanmagan gumanitar yordam körsatiş, şuningdek, juda zarur bölgan asosiy xizmatlarni taqdim etiş böyiça öz majburiyatlarini bajarişga «qattiq çaqirdi».
UNRWA boş komissari: Ğazo şimolidagi odamlar halok bölişi mumkin
Blokada ostidagi Ğazo sektori şimolidagi falastinliklar halok bölişi mumkin, deya yozdi BMTning Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam agentligi (UNRWA) boş komissari Filipp Lazarini ijtimoiy tarmoqda. U eksklavda heç bölmaganda vaqtinçalik öt oçişni töxtatişga çaqirdi.
U Isroil armiyasining qariyb uç haftadan beri davom etayotgan öqqa tutişi tufayli Ğazo şimolida qurbonlar soni kundan kunga ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.
Hatto UNRWA xodimlari dori-darmon, oziq-ovqat va içimlik suvini topişda qiynalmoqda, deb yozadi Lazarini.
UNRWA boş komissari, şuningdek, Isroil halok bölganlarning jasadlarini olib çiqişga va insonparvarlik harakatlariga tösqinlik qilayotganiga e’tibor qaratdi. «Yöllarda va vayronalar ostida qolgan jasadlardan ölim hidi hamma joyda sezilyapti», — deyiladi naşrda.
Ğazo sektori şimolidagi falastinliklar özlarini taşlab ketilgandek, umidsiz va yolğiz his qilmoqda, deydi u. «Ğazo şimolidagi odamlar har lahzani ölim qörquvi bilan ötkazyapti. Ğazo şimolidagi xodimlarimiz nomidan men hududni xavfsizroq joyga tark etişni xohlovçi oilalarga gumanitar yordam xavfsiz ötişini ta’minlaş uçun bir neça soatga bölsa ham zudlik bilan öt oçişni töxtatişga çaqiraman», — deb yozadi UNRWA rahbari.








