Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilov boşçiligidagi mamlakat delegatsiyasi şu yilning 22-24 oktyabr kunlari taşrif bilan Xorvatiyada böldi. 

Taşrif çoğida Özbekiston va Xorvatiya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş va siyosiy muloqotni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Taşrifning muhim voqealaridan biri Xorvatiya boş vaziri Andrey Plenkoviç bilan muzokaralar böldi. Suhbat çoğida ikki mamlakat örtasida turli yönalişlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport va infratuzilma, energetika, şuningdek, mehnat migratsiyasi sohalarida aloqalarni çuqurlaştiriş masalalari körib çiqildi.

Xorvatiya hukumati rahbari Özbekiston prezidentining ikki tomonlama munosabatlarni faollaştiriş borasidagi taşabbuslarini yuqori baholadi va özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyorligini bildirdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Xorvatiya Boş vaziriga 2025 yilda Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keliş böyiça taklifi yetkazildi.

Şuningdek, taşrif doirasida, Xorvatiya boş vaziri örinbosari, dengizçilik, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkoviç, Xorvatiya Taşqi işlar hamda Qişloq, örmon va baliqçilik vazirliklari rahbariyati bilan ham uçraşuvlar ötkazildi.