Xorvatiya sudi 20-avgust kuni «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarini portlatişga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ukrainalik ğavvos Vladimir J.ni hibsda saqlaş töğrisida qaror çiqardi.
U mazkur iş böyiça aniqlangan ikkinçi gumondor hisoblanadi. Xorvatiya rasmiylari Germaniyaning uni ekstraditsiya qiliş haqidagi sörovini körib çiqayotgan vaqtda Vladimir J. hibsda qoladi.
AFP agentligi ma’lumotiga köra, sudya ehtiyot çorasini tanlaşda gumondorning qoçib ketiş xavfi mavjudligini asos qilib körsatgan.
OAV: gumondor film suratga oliş maydonçasida uşlangan
Legal Tribune Online portali ma’lumotiga köra, ukrainalik Hollivudning Snake Island filmi suratga olinayotgan maydonçada qölga olingan. Amerikalik rejissyor Dag Layman suratga olayotgan film syujeti «Şimoliy oqim» gaz quvurlaridagi portlaşlar bilan boğliq voqealarga asoslangani aytilmoqda. Unda Edrian Broudi va Şon Penn kabi aktyorlar iştirok etmoqda.
Der Spiegel naşrining tasdiqlanmagan ma’lumotlariga köra, Vladimir J. film ijodiy guruhida maslahatçi sifatida işlagan.
U bir yil avval Polşada ham qölga olingan edi. Biroq öşanda Polşa sudi uni Germaniyaga ekstraditsiya qilişni rad etgan.
«Şimoliy oqim» portlaşlari böyiça birinçi gumondor - Ukraina fuqarosi Sergey K. hozir Germaniyada hibsda saqlanmoqda. U 2025-yil avgustda Italiyadan Germaniyaga ekstraditsiya qilingan.
Germaniya Federal prokuraturasi Sergey K.ga fuqarolik energetika infratuzilmasiga hujum qiliş bilan boğliq ayblovlar qöygan. Tergov versiyasiga köra, u gaz quvurlarini portlatişda iştirok etgan diversiya guruhiga rahbarlik qilgan.
«Şimoliy oqim»dagi portlaşlar
«Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim-2» gaz quvurlarining Boltiq dengizi tubidan ötgan tört tarmoğidan uçtasi 2022-yil sentyabr oyi oxirida portlaşlar oqibatida işdan çiqqan.
Öşa paytda uşbu quvurlarning heç biri orqali gaz yetkazib berilmayotgan edi. Rossiya «Şimoliy oqim» orqali gaz yetkazib berişni portlaşlardan sal oldin töxtatgan, «Şimoliy oqim-2» esa Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi ortidan umuman işga tuşirilmagan.

















