Raqobat qömitasi tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida, Davr bank ATB tomonidan e’lon qilingan taşqi reklamalarda «Davr mobile» ilovasida 50 000 000 sömgaça onlayn mikrokredit» mazmunidagi reklama axboroti berilgani kuzatilgan.
Mazkur reklama böyiça bankning rasmiy veb-sayti örganilganda, mikroqarz istalgan maqsadlarda foydalaniş uçun ajratilişi, «Davr mobile» ilovasi orqali rasmiylaştirilişi, qarz oluvçi kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy iş joyiga hamda oylik daromadga ega bölgan bölişi lozimligi körsatilgan. Şuningdek, mikroqarz muddati – 60 oygaça, foiz stavkasi – 43 foiz, qarz miqdori – 50 mln söm etib belgilangani aniqlangan.
Mikroqarz böyiça qöşimça şartlar va muhim ma’lumotlar taşqi reklamada körsatilmagan.
Şuningdek, Toşkent şaxrining bir qator köçalarida joylaşgan LED monitorli reklama obektlarida «Tadbirkorlar uçun 5 milliard sömgaça kredit, 24 foizdan» mazmunidagi reklamalar joylaştirilgan.
Mazkur reklama böyiça bankning rasmiy veb-sayti örganilganda, kredit:
- asosiy vositalarni sotib oliş uçun;
- muddati – 60 oygaça;
- foiz stavkasi – 32,99 foiz;
- miqdori – 5 milliard sömligi haqidagi ma’lumotlar körsatilgan.
Kredit böyiça qöşimça şartlar va muhim ma’lumotlar taşqi reklamada körsatilmagan.
Yuqoridagilarga köra, qömita Maxsus komissiyasi tomonidan «Reklama töğrisida»gi hamda «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunlar talablari buziliş alomatlari yuzasidan Davr Bank ATBga nisbatan belgilangan tartibda iş qözğatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qöllaş haqida qaror qabul qilingan. Şuningdek, qonunbuziliş holatini bartaraf etiş va kelgusida yöl qöymaslik böyiça körsatma berilgan.








