Rossiya Tergov qömitasi (RTQ) Boş harbiy tergov boşqarmasi Rossiya Qurolli kuçlari aloqa boş boşqarmasi 1-boşqarmasi sobiq boşliği, general-mayor Aleksandr Ogloblinga nisbatan jinoiy iş qözğatdi. U davlat mudofaa topşiriğini bajariş çoğida öta yirik miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Tergov qömitasi 28 oktyabr, duşanba kuni.
Tergov ma’lumotlariga köra, 2016-2021 yillarda Ogloblin Permdagi "Telta" telefon zavodi vakillaridan 10 million rubldan ortiq mablağ olgan. Uşbu pul uçun general-mayor Rossiya Mudofaa vazirligi uçun aloqa vositalarini yetkazib beriş böyiça "bir neça millionlik" davlat mudofaa buyurtmasini bajarişda "umumiy homiylik"ni va’da qilgan.
Moskvaning 235-garnizon harbiy sudi Ogloblinni tergov izolyatori (TIZO)ga yubordi.
Rossiyada general-mayor Möminjonov 2 noyabrgaça hibsga olindi
Moskvadagi 235-garnizon harbiy sudi pora olişda gumon qilingan Leningrad harbiy okrugi qömondoni örinbosari Valeriy Möminjonovni tergov talabini qanoatlantirib, hibsga oldi. TASS muxbirining 3 sentabr kuni sud zalidan xabar berişiça, general-mayorni 2 noyabrga qadar hibsda saqlaş töğrisidagi sud qarori hali kuçga kirgani yöq va himoya tomoni bu haqda apellyatsiya beriş niyatida.
Möminjonovaning advokati yopiq eşiklar ortida ötgan yiğilişda unga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida uy qamoğini qöllaşni söradi. Leningrad harbiy okrugi qömondoni örinbosarining özi aybini tan olmadi.
Möminjonovning hibsga olingani bir kun avval ma’lum böldi, Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi unga nisbatan juda katta miqdorda pora olgani uçun jinoiy iş qözğatilganini bildirdi. Tergov ma’lumotlariga köra, u Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining resurslar bilan ta’minlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan va Rossiya armiyasini kiyim-keçak bilan ta’minlaş uçun javobgar bölganida 20 million rubldan ortiq miqdorda pora olgan. Valeriy Möminjonov, Tergov qömitasining ma’lumotlariga köra, Mudofaa vazirligi manfaatlarini közlab, şu jumladan Rossiya Federatsiyasi harbiy amaliyotlari zonasida kiyim-keçak yetkazib beriş böyiça tijorat kompaniyalari bilan 1,5 milliard rubldan ortiq şartnomalar tuzişga «kömaklaşgan».
«Tergov davomida Möminjonov va uning oila a’zolari Moskva va Voronej şaharlarida qiymati 120 million rubldan ortiq bölgan köplab köçmas mulk obektlariga ega ekani aniqlandi, ularni sotib olişning qonuniyligi tekşirilmoqda», — deyiladi RF Tergov qömitasi xabarida.








