Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, kiçik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlaniş vositalarini (masalan, samokat, elektr velosiped, giroskuter, monoğildirak, skeytbord) boşqariş vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uçun ma’muriy javobgarlikni belgilaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Şuningdek, tez tibbiy yordam hamda yonğin-qutqaruv bölinmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy işlarni ortiqça qoğozbozlikni bartaraf etiş maqsadida tugatiş tartibi joriy etilişi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan yöl harakati qoidalari buzilişi töğrisidagi ma’lumot jarima soliş haqida qaror çiqarişga vakolatli bölgan şaxsga 48 soat içida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida iş yuritilmasligi belgilanmoqda.