Toşkent xalqaro aeroportida oltin quymalari va xitoy tangalarini noqonuniy ravişda olib çiqib ketmoqçi bölgan şaxs aniqlandi.
Fuqaroning qöl sumkasi bojxona xodimlari tomonidan közdan keçirilganda, uning içida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy oğirligi 187 gramm bölgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy iyerogliflari tuşirilgan tangalar kosmetika kremi içiga yaşirilgani aniqlandi.

Şundan söng uşbu fuqaro şaxsiy körikdan ötkazilganida, uning yonidan oğirligi 20 gramm bölgan quyma tilla uzuk ham borligi aniqlandi.

Aşyoviy dalil sifatida olingan uşbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln sömni taşkil qildi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, rezident va norezident jismoniy şaxslarga — qiymati 100 mln sömgaça bölgan tayyor zargarlik buyumlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasini töldirmasdan, 100 mln söm va undan ortiq bölganlarini yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida Özbekiston bojxona hududidan taşqariga olib çiqişga ruxsat beriladi. Şuningdek, yaratilganiga ellik yildan oşgan madaniy boyliklarni respublika hududidan olib çiqiş mumkin emas.










