Finlandiyada umumiy qiymati 35 million yevrodan ortiq bölgan 40 ga yaqin Rossiya davlat mulki obekti xatlovga olindi. Bu haqda 29 oktyabr, seşanba kuni Yle teleradiokompaniyasi axborot xizmati Finlandiya sud ijroçilari xizmatiga tayanib xabar berdi.
Xatlovga oliş obektlarni sotiş yoki ötkaziş mumkin emasligini anglatadi.
Mulklarning aksariyati Helsinkida, lekin mamlakat janubi-ğarbiy qismidagi Turkuda va boşqa şaharlarda kvartiralar mavjud.
Musodara qilingan obektlardan biri poytaxt şimoli-ğarbidagi Rossiya fan va madaniyat markazi (RsNK), ikkinçisi Turku şahridagi Rossiya Boş konsulligining xizmat qarorgohi.
Finlandiyada Rossiya yer uçastkasi xatlovga olindi
Finlandiya sudi Helsinkidagi Rossiya fan va madaniyat markazining yer uçastkasini xatlovga oldi, deb xabar bermoqda Helsingin Sanomat gazetasi 28 oktyabr kuni. Naşr ma’lumotlariga köra, 3326 kvadrat metrlik yer uçastkasini olib qöyiş töğrisidagi qaror 24 oktyabrdan kuçga kirdi.
Rossiya fan va madaniyat markazi uçastkasi Ukraina davlat energetika kompaniyasi «Naftogaz» talabiga binoan xatlovga olingan. U 2016 yildan beri yarimorol qöşib olinganidan keyin Rossiya davlati tomonidan Qrimdagi aktivlari milliylaştirilgani yuzasidan Rossiya Federatsiyasini sudga berib keladi. 2023 yilda Haaga arbitraj sudi Rossiyaga Ukraina kompaniyasiga 5 milliard dollar tölaşga majburiyatini yukladi. Rossiya buni rad etyapti.








