Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Misrning «tört asirni ozod qiliş evaziga 48 soatlik otaşkesim» taklifi Isroilga rasman taqdim etilmaganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, agar şunday taklif bildirilsa, u darhol rozi böladi.

Isroil hukumati matbuot xizmatiga köra, «Likud» partiyasi fraksiyasi yiğilişida Netanyahu Misr taklifi haqidagi ma’lumotlar ularga yetib kelmaganini ta’kidlagan.

Matbuot bayonotida Misrning ikki kunlik vaqtinçalik sulhning 10 kun içida muzokaralar yöli bilan doimiy sulhga aylantirilişi haqidagi taklifiga izoh berilmagan.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Ğazoda saqlanayotgan tört nafar isroillik asirni ba’zi falastinliklar bilan almaşiş uçun ikki kunlik öt oçişni töxtatişni taklif qilganini aytdi.

«Keyingi 10 kun içida vaqtinçalik öt oçişni töxtatişni doimiy kelişuvga aylantiriş böyiça muzokaralar olib boriladi», — dedi as-Sisi.