Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi "Qozog‘iston Hukumati va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi.
Bu haqda Kazinform xalqaro axborot agentligi ma’lum qildi. Ushbu bitim 2022 yil 22 dekabrda Toshkent shahrida imzolangan. Bitim Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda tegishli ravishda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur hujjat doirasida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish, suv ifloslanishining oldini olish, biologik xilma-xillikni saqlash, ekotizimni degradatsiyadan himoya qilish va qum bo‘ronlarining oldini olish va boshqa masalalar hisobga olinadi.
Bundan tashqari, bitim Orol havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Mazkur xalqaro hujjat doirasida atrof-muhit monitoringi sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha qo‘shma konferensiyalar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ishchi guruhlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025