Rossiyada akkauntlari Gmail poçta servisiga boğlangan Davlat xizmatlaridan foydalanuvçilarga poçtani «istalgan boşqasiga» almaştiriş haqida ogohlantiriş kelişni boşladi, deb yozadi The Moscow Times.

«Siz Davlat xizmatlaridan foydalanişda @Gmail.com’ni işlatmoqdasiz. Unga muhim xabarlar va parolni qayta tiklaş böyiça maktublar keladi. Yaqinda Google kompaniyasi yangi akkauntlarni oçiş uçun SMS-tasdiqlaşdan foydalanişni çekladi. Biz uşbu funksiya mavjud akkauntlarda ham işlaş davom etişiga kafolat bera olmaymiz», — deyiladi xabarda.

Şu bilan birga, akkauntni XMail.ru servisidan foydalangan holda «himoyalaş» taklif etilmoqda.

Sentyabr oxirlarida RF Raqamli rivojlaniş, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi Google korporatsiyasi Rossiyadagi foydalanuvçilar uçun öz servislarida yangi akkauntlar oçişni çeklab qöyganini ma’lum qilgandi. Şu bois idora rossiyaliklarga Google servislarida saqlanayotgan ma’lumotlarining zaxira nusxalarini yaratib qöyişni tavsiya qilgan. Öz navbatida «Rostelekom» Rossiyadagi Android operatsion tizimida işlaydigan smartfonlarda Google servislari öçirib qöyilişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Mobile Research Group yetakçi tahlilçisi Eldar Murtazinning ta’kidlaşiça, röyxatdan ötiş bilan boğliq muammo oldin ham kuzatilgan. Uning taxminiça, Rossiya hukumati buning uçun zarar böladigan SMS-aloqani bloklab qöygan.

Google Rossiyadagi ayrim foydalanuvçilarda öz akkauntidan foydalanişda kuzatilayotgan muammolardan xabardor ekanini ma’lum qilib, tez orada uni bartaraf etişga va’da berdi. Şu bilan birga, kompaniya mamlakatdagi barça bepul servislariga bemalol kirilişini qöllab-quvvatlaş niyatida. Googleʼning jami 40 ta servisi bor. Ular orasida Google qidiruv tizimi, Gmail elektron poçtasi, Google Drive bulutli xotirasi va YouTube videoxostingi ham mavjud.