Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Isroil parlamentida Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA) Isroildagi faoliyatini töxtatiş töğrisidagi qonun loyihasi qabul qilinişidan xavotir bildirdi. Starmer qonunning Ğazodagi barça xalqaro gumanitar yordamlarga va bosib olingan Ğarbiy sohildagi muhim soğliqni saqlaş va ta’lim xizmatlariga tahdid solişi haqida ogohlantirdi.

Boş vazir idorasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda Starmer Knessetning qonun loyihasini ma’qullaşi UNRWA'ning falastinliklar nomidan muhim vazifalarni bajarişini imkonsiz qiladi, dedi. U Ğazodagi gumanitar vaziyat qabul qilib bölmaydigan darajaga yetganini ta’kidlab, zudlik bilan öt oçişni töxtatiş, asirlarni ozod qiliş va insonparvarlik yordamini oşirişga çaqirdi.

Starmer, şuningdek, Isroil xalqaro majburiyatlariga muvofiq, Ğazoning tinç aholisi uçun yetarli darajada insonparvarlik yordamini ta’minlaşi kerakligini ta’kidladi. Uning qöşimça qilişiça, faqat UNRWA bunday miqyosdagi gumanitar operatsiyani tezda taşkil etişga qodir.

«Biz uşbu mojaroda halok bölgan 222 nafar UNRWA xodimini xotirlaymiz. UNRWA BMT tomonidan falastinlik qoçqinlarga yordam beriş vakolatiga ega va biz isroillik qonun çiqaruvçilarni uning asosiy faoliyati davom etişini ta’minlaşga çaqiramiz», dedi Starmer.

Knessetdagi ovoz berişda 120 deputatdan 92 nafari UNRWA'ning Isroilda faoliyatini taqiqlaş töğrisidagi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi, 10 deputat esa qarşi ovoz berdi.