Navoiy viloyati, Konimex tumanidagi janjal oqibatida bir yigit halok böldi. Bu haqda «Yangi Davr» körsatuvida xabar berildi.
Qayd qilinişiça, hodisa kelişmovçilik ortidan yuz bergan. Ikki aka-uka «köça tili»da gaplaşib oliş uçun raqibini çölga çaqirgan. U esa 7 nafar dösti bilan qurollangan holda yetib kelgan. Janjal esa piçoqbozlikka aylangan. Yakunda ov miltiğidan osmonga öq uzilgan.
Janjal paytida yigitlardan biri boşqasiga ikki marta piçoq urib, oğir tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvçi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, iş Uçquduq tuman sudida körib çiqildi. 8 nafar sudlanuvçi 1 yildan 3,5 yilgaça qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qotillikda ayblangan yigit bölsa Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l» bandi (Bezorilik oqibatida qasddan odam öldiriş) va 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan aybli deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.








