Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil uçun taqdim etgan Budjetnoma bilan Özbekistonda 2025 yilda asosiy soliqlarni özgarişsiz qoldiriş rejalaştirilmoqda.
Tovar va xizmatlarni elektron platformalar orqali sotuvçilarga foyda soliğini oşiriş, ya’ni 10 foiz (amalda 7,5 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqni 3 foiz (amalda 2 foiz) stavkada belgilaş taklif etilmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalarini 10 foizga oşiriş rejalaştirilgan. Faoliyat turi va joylaşgan hududiga qarab minimal va maksimal stavkalar ham joriy etiladi.
JSTning subsidiyalar va kompensatsiya çoralari töğrisidagi bitimiga asosan tovar va xizmatlar eksportidan olinadigan daromadlar böyiça foyda va aylanma soliq imtiyozlarini bekor qiliş taklif etilmoqda. 2023 yilda bu imtiyozlar hajmi 1,13 trillion sömni taşkil etgan.
Aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy stavkalari 30/40 million söm miqdorida örnatilmoqda va mazkur tartibni qöllaş muddati 2026 yil 1 yanvar (amalda muddat belgilanmagan) etib belgilanmoqda.












