Qişloq xöjaligi xodimi, taniqli fermer, Özbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev 68 yoşida vafot etdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi.
Ahmad Narzullayev 1956 yili Denov tumanida tuğildi. Mehnat faoliyatini tumandagi «Surxonoziqovqatsanoati» aksiyadorlik jamiyatida boşladi. Keyinçalik Toşkent politexnika institutini tamomlab, «Şarğun» ğişt zavodida, Denov tumanidagi 37-mexanizatsiyalaşgan köçma kolonna va eksperimental işlab çiqariş birlaşmasida turli vazifalarda işladi. 1991 yildan «Loçin» fermer xöjaligi rahbari sifatida faoliyat yuritdi.
Ahmad Narzullayevning köp yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U «Özbekiston Qahramoni» unvoni va «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.








