Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralovaning paxta terimida «planni» bajarmagan fermerlarni haqorat qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda hududlarda ayrim mansabdor şaxslar tomonidan tadbirkorlar, xususan fermerlarning faoliyatiga aralaşuvi, ularga zöravonlik işlatilişi va mol-mulklarini tasarruf qilişga tösqinlik qiliş holatlari uçramoqda. Bu borada, partiyamiz tomonidan qat’iy munosabatlar bildirilib, deputatlarimiz tomonidan mutasaddi idoralarga deputatlik sörovlari kiritilmoqda», deyiladi ÖzLiDeP bayonotida.

Ta’kidlanişiça, bu kabi holatlarning takrorlanayotganligi ÖzLiDeP rahbariyatini xavotirga solmoqda.

«Jumladan, kuni keça Boyovut tumani hokimligi mutasaddilari tomonidan fermerlarga zöravonlik işlatilişi, yer uçastkalarini topşiriş töğrisida körsatma berişi holatlari ayrim mansabdorlarning noqonuniy xatti-xarakatlarini körsatmoqda», deyiladi bayonotda.

Qayd qilinişiça, insonning şa’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, heç narsa ularni kamsitiş uçun asos bölişi mumkin emasligi, heç zöravonlikka, inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomalaga yoxud jazoga duçor etilişi mumkin emasligi, xususiy mulk daxlsizligi, mulkdor öz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan taşqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilişi mumkin emasligi qonunçilikda belgilab qöyilgan.

ÖzLiDeP hududlarda fermerlar faoliyatiga noqonuniy aralaşuv, ularga zöravonlik qiliş, mol-mulklarini erkin tasarruf etişga tösqinlik qiliş holatlarini keskin qoraladi, mansabdor şaxslarni qonunlarga rioya etişga, Boş prokuraturani bu borada qat’iy nazorat örnatişga çaqirdi.