Isroil armiyasi «Hizbulloh»ning dengiz qömondoni Imad Amxazni qölga oldi. Bu haqda isroillik jurnalist Barak Ravid ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Jurnalist sözlariga köra, Amxaz Şimoliy Livanda ötkazilgan tungi operatsiya vaqtida Isroil harbiy-dengiz kuçlari tomonidan qölga olingan. Qayd qilinişiça, Isroil undan şia harakatining dengiz amaliyotlari haqida ma’lumot olişi mumkin.

Bild xabariga köra, Isroil harbiylari tezyurar qayiqlarda yetib borib, umumiy dengiz çegarasidan 140 kilometr şimolda joylaşgan Livanga kirgan. «Hizbulloh»ning yuqori martabali a’zosi hibsga olingani Isroil tomonidan tasdiqlandi.