Toşkent metrosining “Çoştepa” bekatida poyezd nosozlik tufayli töxtab qoldi. Bu haqda voqea joyida bölgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Poyezdning bekatda töxtab qolişi uşbu bekatga kirib kelayotgan boşqa tarkiblarning ham navbat kutib, töplanib qolişiga sabab bölgan. Holat metroning “Olmazor-Çoştepa” bekatlari oraliğida yuz bergan.
Şuningdek, uşbu holat qarama-qarşi yönalişdagi qatnovda poyezdlarning 20 minutgaça keçikişiga, bekatlarda odamlar töplanib qolişiga sabab bölgan. Buning oqibatida tirbandlik kuzatilgan, odamlar baqir-çaqir qilişgan.
Keyingi vaqtlarda Toşkent metrosida poyezdning buzilib qoliş holatlari köp sodir bölmoqda. Oldinroq “Kosmonavtlar” bekatidan harakatlanişi kerak bölgan poyezdda texnik nosozlik yuzaga kelib, u joyidan harakatlanmay qolgandi. Buning natijasida liniyaning “Beruniy” bekatida yölovçilar töplanib, yirik tirbandlik yuzaga kelgan.












