Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan joylarda ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir neçta advokatlarning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.

Jumladan, Jinoyat işlari böyiça Dehqonobod tuman sudida körilayotgan jinoyat işidagi ayblanuvçiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişida sud tizimidagi tanişlari orqali yordam beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida mazkur tumanda faoliyat yurituvçi advokatlik byurosi advokati D.A. aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Karmana tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Navoiy şahrida faoliyat yurituvçi advokatlik firmasi advokati X.A. Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari (kontrabanda; giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek, ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçiga nisbatan mansabdor tanişlari orqali yengil jazo tayinlatib, uni ozodlikka çiqartirib beriş evaziga 20 million va 500 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga tuşgan.

Vobkent tumanida kuzatilgan holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati N.Ğ. Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan mazkur tuman sudining 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş böyiça çiqargan hukmini özining mansabdor tanişlari orqali 1 yil 2 oy muddatda yakunlatib beriş evaziga 1200 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Qarşi şahrida faoliyat yurituvçi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati B.A. ham fuqarolik işlari böyiça tumanlararo sudda körib çiqilayotgan er-xotin örtasidagi nikohni vakolatli tanişlari orqali bekor qildirib beriş evaziga 1100 AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olingan.

Şirin şahrida faoliyat yurituvçi advokatlik firmasi advokati B.Q. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetiştiriş) «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçiga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanişida sud organlaridagi mansabdor tanişlari orqali yordam beriş evaziga 800 AQŞ dollari va 2,5 million söm olgan vaqtida uşlangan.

Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.