Toşkent şahrida isitiş mavsumi 7 noyabrdan boşlanadi. Bu haqda Toşkent şahri hokimligi xabar qildi.

Hokimlik «köplab murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq» Toşkent şahar hokimining qaroriga asosan 5 noyabr soat 00:00 dan boşlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yölga qöyilişini ma’lum qilgan.

Şunga muvofiq, 7 noyabrdan boşlab issiqlik energiyasi bilan bosqiçma-bosqiç ta’minlaş işlari boşlanadi.

«Turar-joyingizda yoki rahbarlik qilayotgan muassasangizda issiqlik ta’minoti yoqilişi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklarni aniqlasangiz yoki issiqlik yetkazib beruvçi taşkilot, XUJMŞ va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan işlarni tölaqonli amalga oşirilmayotganligining guvohi bölsangiz 1055 yoki 71 210-01-87, 71 210-01-41, 71 210-01-11, 71 210-01-63 raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz», — deyiladi hokimlik xabarida.

Bundan oldinroq Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 1 noyabrdan isitiş mavsumi boşlangani ma’lum qilingandi.