Qayd qilinişiça, tarmoqdagi 4 ta korxona – «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Hududiy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari» hamda «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro kredit reytingini olişga erişgan. Endigi qadam – transformatsiya orqali raqobatbardoş kompaniyalarga aylaniş.
Yiğilişda şu boradagi çora-tadbirlar muhokama qilindi. Har bir energetika korxonasining birinçi galdagi vazifasi tannarxni kamaytiriş ekani ta’kidlandi. Bunga loyihalarni maqbullaştiriş, yöqotişlarni kamaytiriş va xaridlarni takomillaştiriş orqali erişiş mumkinligi körsatib ötildi.
Taqsimlaş tarmoqlarini xususiy şeriklik asosida investorlarga berib, ularni modernizatsiya qilişga 4 milliard dollar investitsiya jalb qiliş mumkin. Şu maqsadda kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi tarmoqlar boşqaruviga xususiy operatorlarni jalb etiş rejalaştirilmoqda.
Ötgan yili qabul qilingan energetikada raqobat bozorini taşkil etiş konsepsiyasi doirasida tarmoq korxonalari transformatsiyasini tezlaştiriş, ularda zamonaviy boşqaruv tizimini joriy etiş böyiça körsatmalar berildi.
Kelgusi yil energetika korxonalari uçun tejamkorlik va samaradorlik yili bölişi qat’iy belgilandi. Tarmoq kompaniyalarini quyi böğingaça transformatsiya qiliş va raqamlaştiriş vazifasi qöyildi.
Mutasaddilar uşbu korxonalarda xarajatlarni samarali boşqariş böyiça rejalarini bayon qildi.












