Toşkent havosi ifloslaniş böyiça rekord darajaga çiqdi. Muammo yana jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölmoqda. Xususan, Boysunda portlagan kon atrofidan göyoki "hammasi joyida" deya reportaj tayyorlagan Şerzodxon Qudratxöja Yunusobodda zaharli gaz çiqarayotgan issiqxonalarni "yöq qiliş"ni talab qildi. Faollar esa masalaning boşqa jihatlariga e’tibor qaratişdi.
IQAir ma’lumotlariga köra, noyabrning dastlabki 3 kuni davomida poytaxtimizda havo sifati öta yomon darajaga tuşgan. Xususan, 3 noyabr kuni Toşkent Pokistondagi Lohur şahri va Hindiston poytaxti Dehlidan söng dunyoning havosi eng iflos uçinçi şahri böldi.
Zaharli zarraçalar miqdori 780 mkg/m3 darajagaça oşib, JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar köp böldi. Havoning bunday “nosoğlom” toifaga kirgani sabab köçaga çiqiş tavsiya qilinmadi, zarurat bölganda faqat niqob bilan çiqiş şartligi eslatildi.
4 noyabrdagi holatga köra esa Toşkent reytingda 28-örinni egalladi, PM2,5 dispersli zarralari bilan ifloslaniş darajasi JSST tavsiyasidan 5,8 marta yuqori bölib turibdi.
Ayni muammo fonida tarmoqlarda jamoatçilikning keskin e’tirozlari yangray boşladi. Ba’zi diskussiyalar yana boşqa muhokamalarni ham yuzaga keltirdi. Kun.uz şularning ayrimlarini keltiradi.
“Vijdon bormi? – Şerzodxon Qudratxöja
“M25” konidagi avariyadan keyin sentabr oyi oxirlarida Boysunga borib, reportaj tayyorlagan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöja Facebook'da post qoldirdi. Siyosatşunos Yunusobod tumanida zaharli gaz çiqarayotgan issiqxonalar faoliyatini töxtatişni talab qildi.
“Qizil daraja!!! Dron uçirib Yunusobod Hasanboyida issiqxonalarni yöq qiliş vaqti keldi! Şina va xazon yoqilmoqda! Havo yöq! Vijdon bormi?” – deya yozgan rektor.
Hozirda bu post öçirib yuborilgan, uni körişning imkoni mavjud emas. Ammo postdan olingan skrinlar deyarli barça tarmoqlarda tarqalib, keskin diskussiyalarni keltirib çiqarişga ulgurdi.
Mavzuga oid
“Ustoz “yopiq qozonlar”ning oçilişiga sabab böldilar” – Muhrim A’zamxöjayev
Jurnalist Muhrim A’zamxöjayevning aytişiça, Qudratxöjaning fikri ortidan tarmoqlarda noqulay savollar berilişi boşlangan.
“Ustoz Şerzodxon Qudratxöja ijtimoiy tarmoqlarni portlatib, "yopiq qozonlar"ning oçilişiga, noqulay savollarning yuzaga çiqişiga sabab böldilar. Çin jurnalistlik işi şudir, ehtimol”, – deydi u.
Şuningdek, A’zamxöjayev Boysundan tayyorlangan materialga işora qilib yana bir istehzoli post ham qoldirgan.
“Feysbukdagi ayyuhannoslar qançalik asosli ekanini örganiş maqsadida boysunlik bir jurnalist ekologiya vaziri matbuot kotibi va Yunusobod hokimi bilan birga Hasanboyga kelsa-da, aholi fikrini örganamiz deb yurganida yöllaridan hasanboylik oqsoqollar çiqib qolsa. Ularga: “Yunusobodda issiqxonalar dastidan havo qolmadi deyişyapti, şu gap rostmi?” deb savol berişganida, haligi möysafidlar: “Bölmagan gap, mana, nafas olib turibmiz-ku, bunaqa zör havo Şarof aka Raşidov davrida ham bölmagan, mötabar muhtaramlarimizga rahmat! Internetda ötirgan vijdonsizlar gapiraveradi, ular özi Hasanboyga kelganmi-körganmi? Feysbuklardagi ayyuhannoslarga işonmang”, deb qolsa...
Bunaqa reportaj bölmaydi, albatta. Heç kim bunaqa reportaj qilmaydi. Çunki... vijdon bor. Kunlar sovişi bilan havo sifati yomonlaşganini hamma körib, bilib turibdi. Lekin bölayotgan gap-sözlar qiziq-da. Yaşayversak köraverarkanmiz”, – deydi u.
Ma’lumot uçun, 24 sentabr kuni Şerzodxon Qudratxöjayev Boysun tumani Kofrun mahallasida bölib, u yerda yaşovçi bir guruh keksa odamlar bilan suhbatlaşgandi. Reportaj mazmuniga köra, kondagi avariyadan keyin mahalliy aholi bilan “hammasi joyida” bölgan.
“Asl öçoqlarni bartaraf etiş kerak” – iqtisodçilar
Özbek iqtisodiy tahlilçilari havo sifati bilan boğliq muammoning tub ildizini energetika sohasidagi islohotlar bilan boğlaşgan. Jumladan, Behzod Hoşimov Telegram-kanalida şunday deb yozadi:
“Aytiş joizki, Özbekiston va Toşkentdagi abgor havo muammosi - bu önlab yillar davomida keçiktirib kelinayotgan energetika islohoti masalasi”.
Botir Qobilov esa bu masala hal qilinmagunça ekologiya hozirgi holatida yaxşilanmasligini, yomonlaşişi mumkinligini aytmoqda.
“Asl öçoqlarni, sabablarni aniqlaş, qöl bilan işora qiliş va ularni bartaraf etiş kerak.
Ungaça Özbekiston va Toşkentda havo sifati va ekologiya yaxşilanişidan avval bundanda yomonlaşişi tabiiy”, – degan Qobilov.
“Gaz eksporti taqiqlanişi va özbek gazi issiqxonalarga berilişi kerak” – Otabek Bakirov
Otabek Bakirov esa Qudratxöjaning fikrlariga optimistik munosabat bildirgan holda, Özbekistonda gaz eksporti töxtatilib, issiqxonalarga berilişi lozimligini ilgari surgan.
“Maxfiy qarorlar bilan özbek gaz konlari va özbek gaz infratuzilmasini egallab olgan oligarxiya ötgan 10 oyda 2,6 mlrd kubdan ortiq, özbek issiqxonalari ehtiyoji uçun kamida 2 yilga yetadigan özbek gazini eksport qilgan va noyabrdayam gaz eksportini qasirlatib davom ettirmoqda.
Albatta, kiprlikmi, şveysariyalikmi yoki gongkonglik oligarxiya bilan eti va tirnoğini ajratiş imkonsiz darajaga yetgan şonli energetiklar qatorida Boysunga borganda Boysun havosidan töyib-töyib nafas olgan Şerzodxon Qudratxöjaning Yunusobod havosidan nafasi böğilayotganini tuşuniş kerak. (40 kunda falak şunaqa aylanişini kim tuş köribdi?)
Men yaxşi gumondaman baribir. Şerzodxon aka gazsiz qolib, şina va xazon yoqayotgan Hasanboydagi issiqxonalarni dron bilan yöq qilişni nazarda tutmagan. Kelasi hafta poytaxt qozonxonalarida gaz örniga mazut yoqilib, nafaqat Yunusobod, butun şaharni tutun qoplasa, Şerzodxon aka mazut yoqilayotgan qozonxonalarni dron bilan urib tuşiriş kerak demaydi-ku!
Keling, soğlom aqlga bir öylaylik, Qudratxöja "Gaz eksporti taqiqlanişi va özbek gazi issiqxonalarga berilişi kerak" demoqçi bölgan bölsa-çi?
“Vijdon bormi”, deya şonli energetiklar va oligarxiyaga murojaat qilgan bölsa-çi?”– deydi u.
“Afsus, «vijdon» issiqxonada ösmaydi-da, bölmasa uni ham yetiştirardik...” – Abdurahim Abduvaliyev
Qolaversa, Şerzodxon Qudratxöjaning postiga meva-sabzavotçilar milliy assotsiatsiyasi rahbari Abdurahim Abduvaliyev ham izoh berib, issiqxonalarga oid bir qança raqamlarni qayd etgan. Ma’lumotlarga köra, 2022 yilda 2047 gektarni egallagan jami issiqxonalar 487 mln kub gaz yoqqan, bu jami mamlakat gaz xarajatining 0,8 foizini taşkil etadi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda hozirda 6000 (ba’zi ma’lumotlarda 6500) gektardan oşiqroq issiqxona mavjud. Bu issiqxonalarda 60 mingdan ziyod doimiy, 80 mingga yaqin mavsumiy işçilar işlaydi. Yiliga 200 mln dollardan oşiqroq mahsulot eksport qilinadi. 15 turdan oşiq: pomidor, bodring, bolgar qalampiri, baqlajon, qalampir, limon, qulupnay, turli kökatlar, banan va boşqa mahsulotlar yil böyi yetiştiriladi.
“Issiqxonalarda şunça narsa bor-u, lekin «vijdon» yöq ekan. Afsus, «vijdon» issiqxonada ösmaydi-da, bölmasa uni ham yetiştirardik...”,– degan u.
Eslatib ötamiz, şu yil boşida Toşkent şahar hokimiyati ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqayotganini, bu böyiça taqdimot qilinişini ma’lum qilgandi. Ammo yil tugab qoldiki, rejaning boşi ham köringani yöq. Kun.uz'ning bu boradagi sörovi esa javobsiz qoldirilgandi.
Fevral oyida Kun.uz'ga intervyu bergan Ekologiya vazirligi bölim boşliği Bahrom Xolxöjayev ekologik muammolar, jumladan, havo ifloslanişining kamayişida ijro hokimiyatidagi boşqa vazirlik hamda taşkilotlarning örni katta ekani, işlab çiqilgan tavsiyalar asosida nima işlar qilinayotgani oçiqlanişi kerakligini aytgandi. Mas’ul vakil bu borada Ekovazirlik har qanday debat, anjuman, brifing ötkazilişiga tayyorligini, boşqa taşkilotlar beradigan kerakli taklif hamda tavsiyalar qöllab-quvvatlanişini ham ta’kidlagandi.