Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Trampni AQŞdagi prezidentlik saylovlaridagi ğalabasi bilan tabrikladi.
X ijtimoiy tarmoğida e’lon qilingan tabrigida Zelenskiy Tramp bilan sentabr oyida bölib ötgan «ajoyib uçraşuv»ni eslagan, öşanda ular «Ukraina va AQŞning strategik hamkorligi, ğalaba rejasi va Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzini töxtatiş yöllarini batafsil muhokama qilgani»ni aytgan.
«Men prezident Trampning dunyo işlariga «kuç orqali tinçlik» yondaşuviga amal qilişini qadrlayman. Aynan şu prinsip amalda Ukrainada adolatli tinçlikni yaqinlaştirişi mumkin. Umid qilamanki, biz birgalikda buni amalga oşiramiz.
Biz prezident Trampning kuçli rahbarligi ostidagi kuçli Amerika Qöşma Ştatlari erasini intiqlik bilan kutamiz. Biz Ukraina AQŞdagi doimiy kuçli ikki partiya tomonidan qöllab-quvvatlanişiga umid qilamiz.
Biz mamlakatlarimizga foyda keltiradigan özaro manfaatli siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdormiz. Ukraina Yevropadagi eng qudratli harbiy kuçlardan biri sifatida ittifoqçilarimiz kömagida Yevropa va transatlantik hamjamiyatda uzoq muddatli tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaşga intiladi».
Zelenskiy sözining oxirida Trampni şaxsan tabriklaş va Ukrainaning AQŞ bilan «strategik hamkorligini mustahkamlaş yöllari»ni muhokama qiliş imkoniyatini «sabrsizlik bilan kutayotgani»ni qöşimça qilgan.
Tramp allaqaçon Floridadagi tarafdorlari qarşisida çiqiş qildi va özini saylovlar ğolibi deb e’lon qildi. U özini AQŞning 47-prezidenti deb atab, uning ğalabasi «Amerikani yana buyuk qiliş»ga yordam berişini aytgan.
Trampni qator davlatlar rahbarlari ham tabriklab ulgurdi. Salvador prezidenti Nayib Bukele birinçi böldi, uning ortidan Vengriya boş vaziri Viktor Orban, Avstriya kansleri Karl Nehammer va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiçdan tabriklar keldi. Keyin esa ularga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham qöşildi.









