Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

Jumladan, «Ta’lim töğrisida»gi qonunga ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş tartibini belgilaşga qaratilgan qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, ma’rifiy faoliyat şaxsning şaxsiy, intellektual va ma’naviy jihatdan kamol topişi, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oşiriş, intellektual va ijodiy faoliyatini namoyon etiş, individual salohiyatini, imkoniyatlarini, muloqot qiliş qobiliyatlarini yaxşilaş uçun zarur könikmalar va malakalarni şakllantirişga qaratilgan, davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanadi.

Ma’rifiy faoliyat vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahallalar, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan amalga oşirilişi mumkin.

Şuningdek, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan amalga oşiriş yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oşiriş böyiça qonunçilikda belgilangan çeklovlarga rioya etmaganlik uçun javobgarlik belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.

Avvalroq, ma’rifiy faoliyatning bunday harakat bilan şuğullaniş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan amalga oşirilişi yoxud qonunçilikda belgilangan çeklovlarga rioya etmaganlik uçun fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi haqida xabar berilgan edi.

Xuddi şunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qöllanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa, – fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – ön beş baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.