Insayderlarga köra, Android 16 operatsion tizimi 2025 yil 3 iyun kuni çiqariladi. Şu kuni Google kompaniyasi özining Pixel smartfonlarida yangi tizimni namoyiş etadi. «Bu odatdagidan 2-3 oyga erta», — deya izoh bermoqda mutaxassislar.
Naşr xabarida qayd etilişiça, operatsion tizimning yangi versiyasini oldinroq taqdim etilişi iyul, avgust va sentabrda çiqariladigan qurilmalar Android 16 ning barqaror versiyasiga ega bölişlari kerakligini anglatadi. Operatsion tizimning turli xatoliklarini bartaraf etişga qaratilgan ikkinçi yangilanişi esa yil oxirlariga borib taqdim etiladi.
Jurnalistlarnin ta’kidlaşiça, Google operatsion tizimi endi Appleʼning har sentabrda yangilanadigan iOSʼidan köra ertaroq çiqadi. Bundan taşqari, yangi Pixel smartfonlari Android’ning oxirgi versiyasi örnatilgan holatda sotuvga çiqariladi.
Bir neça kun avval Google korporatsiyasi Android 16 ni an’anaviy ravişda yil oxirida emas, balki 2025 yil örtalarida taqdim etişini ma’lum qilgandi. Kompaniyadagilarning tuşuntirişiça, operatsion tizimning erta yangilanişi «ekotizimdagi qurilmalarning işga tuşiriliş jadvaliga yaxşiroq mos keladi».











