Toşkent şahar IIBB xabariga köra, firibgarlar korxona yoki taşkilot rahbari nomidan telegram messenjerida soxta akkaunt oçib, qöl ostidagi işçilardan biriga SMS yozadi.
Muloqot davomida xodim bilan göyoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni söraşganini aytadi. Birozdan söng unga huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimi aloqaga çiqişini ma’lum qiladi.
Firibgarning, ya’ni “öz rahbarini” gaplariga işongan xodim bir neça daqiqadan söng u bilan aloqaga çiqqan şaxs (göyoki huquqni muhofaza qiluvçi organ vakili)ga söragan barça ma’lumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzoğiga ilingan işçi-xizmatçilar plastik kartalaridagi pul mablağlaridan ayrilib qolmoqda.
"Ogoh böling, şu turdagi kelgan SMS yoki boşqa xabarlarni qabul qiliş va işonişdan oldin telefon orqali qönğiroq qilib yoki şaxsan xabar yuborgan şaxsga aloqaga çiqib, xabarni qayta tekşirib köring!
Hurmatli fuqarolar, agar siz şu kabi holatlarga duç kelgan bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi", deyiladi xabarda.











