Arxeologlar Gvatemaladan mayyalarning qariyb 3 ming yillik qadimiy Los-Abuelos şahri xarobalarini topdi. Uşbu şahar marosimlar ötkaziladigan muhim şahar bölgan, deb xabar beradi The Guardian.
Olimlar jamoasi Uaxaktun arxeologik yodgorligidan 21 kilometr uzoqlikda joylaşgan El-Peten departamentidan qadimiy şahar xarobalarini topişga muvaffaq böldi. Los-Abuelos şahri nomi ispançadan «Bobo va buvi» deb tarjima qilinadi. Qadimiy şahar maydoni 16 kilometr kvadratga teng.
Qayd etilişiça, şaharga miloddan avvalgi 800-500 yillarda, mayyalar sivilizatsiyasining klassik davridan oldin asos solingan. Uşbu madaniyat eramizdan salkam 2 ming yil oldin paydo bölgan va milodiy IV-X asrlarga qadar zamonaviy Meksika, Gvatemala, Beliz, Salvador va Gonduras hududlarida gullab-yaşnagan.
Gvatemala Madaniyat vazirligi Los-Abuelosni mayyalarning eng qadimiy diniy va marosim markazlaridan biri deb atadi.
«Uşbu hudud me’moriy rejalaştirişning ajoyib namunasi bölib, u yerdagi piramida va yodgorliklar mintaqaga xos öyma naqşlar bilan bezatilgan», — deyiladi vazirlik xabarida.
Şuningdek, şahar yaqinidan balandligi 33 metrga yetadigan piramida, kanal tizimi aniqlangan. Uşbu topilmalar mayyalar sivilizatsiyada muhandislik mahorati yuqori darajada bölganini körsatadi.













