Özbekistonning rasmiy zaxira aktivlari oktyabr oyida 2 milliard dollarga oşib, 43,14 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda söz boradi.

Markaziy bank zaxiralari ketma-ket tört oydan beri ösmoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda — 1,75 milliard dollarga, sentabrda — 1,98 milliard dollarga, oktyabrda esa 2 milliard dollarga oşgan.

Şuningdek, ötgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 511 million dollarga oşgan — 8,709 milliarddan 9,220 milliard dollargaça. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi özgarişsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,44 milliard dollarga oşib, 33,36 milliard dollarga yetgan.

Bundan taşqari, Markaziy bankning xorijiy hisobvaraqlaridagi naqd valuta hajmi 445,5 million dollarga oşib, 9,11 milliard dollarga yetgan. Şundan 414,4 million dollari boşqa Markaziy banklar, XVJ va Xalqaro hisob-kitoblar bankida saqlanadi.

Avvalroq World Gold Council (WGC) jahon markaziy banklari sentabr oyida oltin-valuta zaxiralaridagi oltin hajmini 40 tonnaga oşirgani töğrisida xabar berilgandi. Eng köp oltin sotganlar Qozoğiston (3,8 tonna), Iordaniya (2,7 tonna), Singapur (1,3 tonna) va Özbekiston (0,6 tonna) markaziy banklari bölgan.