Parvozlarni kuzatiş bilan şuğullanuvçi iqlimşunoslar samolyotlar uçişidan çiqadigan zararli gazlar sayyoraning isişiga xizmat qilayotgani va öta boy insonlar şaxsiy samolyotlaridan taksi sifatida foydalanayotganidan ogohlantirdi.
Olimlarning hisob-kitoblariga köra, 2019 yildan 2023 yilga qadar iqlim özgarişiga ta’sir körsatayotgan karbonat angidrid gazining havoga çiqişi 46 foizga oşgan. Tadqiqotçilar butun dunyo böylab barça şaxsiy parvozlarni kuzatib, bir soat davomida şaxsiy samolyotda parvoz qiliş atmosferaga örtaça statistik inson bir yilda çiqaradigan karbonat angidriddan köproq gaz çiqarişini aniqladi.
«Köplab badavlat insonlar şunçaki özlariga qulay bölgani uçun samolyotlardan taksi sifatida foydalanmoqda. Futbol öyinini köriş maqsadida havoga kötarilgan kimningdir samolyoti örtaça statistik insonning bir yillik körsatkiçidan ortiqça zararli gaz çiqarar ekan, bu odamlar jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan standartlardan taşqariga çiqayotganini bildiradi», — deydi Linney universiteti professori Stefan Gossling.
Tadqiqot ma’lumotlariga köra, 2023 yilda şaxsiy parvozlar atmosferaga 15,6 million tonna karbonat angidrid çiqargan — bu benzin dvigateliga ega 3,7 millionta avtomobil yil davomida harakatlaniş orqali çiqaradigan gazga teng.
Har bir inson yiliga örtaça 4,3 tonna karbonat angidridni atmosferaga çiqaradi, ammo Markaziy Afrikada bu körsatkiç atigi 0,1 tonnani taşkil qiladi. Xususiy samolyotlar çiqindi gazlarining 46 foizga oşişi COVID pandemiyasi tufayli tijorat sayohatlari çeklovlari bilan boğliq bölişi mumkinligi aytilmoqda.
Ta’kidlanişiça, 2023 yilda dunyoning eng badavlat insonlaridan biri şaxsiy samolyotida 169 marta parvoz qilib, atmosferaga 2,4 ming tonna karbonat angidrid çiqargan — bu benzin dvigateliga ega 571 ta avtomobilning bir yil davomidagi harakatidan çiqadigan gazga ekvivalentdir. Iqlimşunos olimlar samolyotlardan zarurat bölmasa foydalanmaslikka çaqirib, har bir inson zararli gazlarning atmosfera çiqişiga qarşi kuraşga öz hissasini qöşa olişini ma’lum qildi.








