Livan Taşqi işlar vazirligi Isroilning Livan qurolli kuçlari harbiylari va tinç aholiga, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Livandagi Muvaqqat tinçlikparvar kuçlariga (UNIFIL) qarşi davom etayotgan hujumlarini qoraladi.
Idoraning ta’kidlaşiça, Isroilning bunday harakatlari uruş jinoyati va xalqaro gumanitar huquqni oçiqdan oçiq buziş hisoblanadi.
Vazirlikning yozma bayonotida Sayda şahrida yaqinda sodir bölgan, 3 kişining ölimiga, 3 nafar Livan askari va 4 UNIFIL askarining yaralanişiga sabab bölgan avtomobilga hujum qoralandi.
Xabar qilinişiça, hujum Sayda şimolida, Evelli harbiy nazorat punkti yaqinida sodir etilgan. Hujum oqibatida uç tinç fuqaro halok böldi, harbiylar va tinçlikparvar kuçlar yaralandi. Uşbu nazorat punkti orqali ötayotgan avtomobillarga ham zarar yetgan.
Bu Isroilning UNIFIL askarlariga birinçi hujumi emas. Isroil bundan oldin tinçlikparvar kuçlar pozitsiyalariga bir neça bor hujum qilgan va bu Livan va xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralangan.








