Amaliy taşrif bilan Seulda bölgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya işbilarmon doiralari vakillari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi.
"CJ Group, Youngone Corporation, Hyundai Motor Group, Iqtisodiy rivojlaniş va hamkorlik jamğarmasi, Koreya sanoat federatsiyasi rahbariyati bilan samarali uçraşuvlar ötkazdik, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida. – Köplab istiqbolli yönalişlarda mavjud va yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişni muhokama qildik".
Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov 4 noyabr kuni Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblari bilan birgalikda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol tomonidan qabul qilindi, Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri Ço Txe Yol bilan muzokara ötkazdi hamda "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" 17-hamkorlik forumida iştirok etdi.








