Yölovçining metro bekatida hojat çiqarişi köp yillik muammoni oçib taşladi, ulkan toğ toşi harakatdagi Cobalt’ni bosib qoldi, Çirçiq şahar hokimi örinbosari 1 mln dollar bilan uşlandi, noqonuniy egallangan yer uçastkalarini rasmiylaştirişga oid yangi aksiya start oldi — ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari Kun.uz dayjestida.

1 mln dollar bilan uşlangan “zamhokim”

Özbek amaldorlarining «iştahasi» yanada oçilib, pora olişda ham kimözarga ötişgan va yangi rekordlarni örnatişga bel boğlagan körinadi: Toşkent viloyati Çirçiq şahri hokimining investitsiyalar böyiça örinbosari 1 mln dollar pora bilan uşlandi.

«Zamhokim» 20 gektar yer uçun 2 mln dollar talab qilgan. U kelişilgan puldan 1 mln AQŞ dollarini haydovçisi orqali olgan vaqtida uşlangan.

Hokim örinbosari öz xizmat mavqeyidan foydalangan holda klaster şaklidagi savdo majmuasi taşkil etiş uçun 40 mln dollar miqdorida investitsiya kiritiş şarti bilan şahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga çiqartirib, yutib beriş va 49 yil muddatga yerga egalik qiliş huquqini rasmiylaştirişda kömaklaşiş evaziga 2 mln dollar talab qilgan.

U oldindan 1 mln dollarni öz haydovçisi orqali olgan vaqtida uşlangan. Örinbosar qamoqqa olingan.

Köpçilikni bir savol öylantirayotgan bölsa kerak: 2 mln dollarni «zamhokim»i faqat özi uçun söraganmikin?.. Qiziq, albatta…

Hafta davomida yana ikki “zamhokim”ga hukm öqilganidan voqif böldik – 32 mln söm bilan uşlangan Taxiatoş tumani hokimi örinbosari Ğulom Bektemirov 5 yilu 2 oyga, ming dollar bilan uşlangan Xovos tumani hokimining örinbosari Hakimjon Mallayev 7 yilga qamaldi.

Propan 5 oyda qariyb 2 barobarga qimmatladi

Poyga öynayotganlar faqat “zamhokim”lar emas, Özbekistonning monopollaşgan va betizgin neft-gaz mahsulotlari narx-navosi ham “kimözarga” ilgarilamoqda. 

Propanning 1 tonnasi 5 iyundan 5 noyabrgaça bölgan davrda birja savdolarida 5,3 mln sömdan 10,2 mln sömgaça yoki 91,4 foizga oşdi. Propan narxining qimmatlaşişi fonida AI-80 benzini narxi ham kötarilib boryapti.

Oxirgi oylarda propan va AI-80 benzini narxi yonilği quyiş şoxobçalarida keskin qimmatlaşdi. Ayrim hududlarda taqçillik ham kuzatilyapti. Uşbu yonilği mahsulotlarining qimmatlaşişi birjada narxlar oşgani fonida röy beryapti.

Narxlar manipulyatsiyasi ortida kimlar turgani jamoatçilikka ma’lum emas. Nima ham derdik – insof bersin…

Maşina olib kirişga yangi tösiq

Propan va benzin narxlarining karrasiga oşayotganini hazm qilib ulgurmagan avtomobil, ayniqsa “inomarka” işqibozlari uçun yana bir xunuk xabar - xorijdan yurtimizga avtomobillar olib kirayotgan xususiy tadbirkorlar uçun ularning biznesini qiyinlaştiruvçi va xarajatlarini oşiruvçi yangi tartib joriy qilindi.

Endi yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtomobillar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi joriy qilinadi. Tekşiruvdan ötgan avtolarga muvofiqlik sertifikati taqdim etiladi.

Garçi bu gap-sözlar joriy haftada jamoatçilikka ma’lum bölgan bölsa-da, UzTest axborot xizmati avtomobillarni elektromagnit moslaşuvçanlik böyiça tekşiruvdan ötkaziş avvaldan bölganini ta’kidladi.

«Bundan maqsad bitta transport vositasi boşqa avtomobilga ziyon yetkazişining oldini oliş. Özbekistondagi rasmiy dilerlar bu tekşiruvdan ötib bölgan. Ularga sertifikat ham berilgan. Ötgan yili bu 40 ta, bu yil esa 30 dan ortiq şunday sertifikatlardan berilgan. Ular maşinalarini har 3‑6 oyda tekşiruvdan ötkazib turadi va hujjatlarni taqdim etadi». 

Endi rasmiy diler bölmagan avtosalonlar va yakka tartibdagi şaxslar uçun ham bu tartib qöllanadi va 7 örindiqqaça bölgan avtomaşinalar uçun 9 mln 88 ming söm, elektromobillar uçun esa qariyb 6 mln 300 ming sömni taşkil etadi. Transport vositalarining toifasiga qarab narx yana özgaradi.

Sertifikat oliş uçun sinovlar Piskent avtopoligonida amalga oşiriladi.

Nima bölganda ham, joriy etilayotgan bu tartib tufayli qilinadigan xarajatlar xaridorlarning zimmasiga qöşimça yuk bölib tuşadi.

Taxtiqoraçadagi fojia

Hafta ham özbekistonliklar, ham vengriyaliklar uçun qayğuli bölgan hodisaga guvoh böldi: 6 noyabr kuni Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça dovonida toğdan ulkan xarsangtoş yumalab, dovondan ötayotgan Sobalt maşinasini bosib qoldi.

Sobalt içida bölgan ikki yölovçi Vengriya fuqarolari ekani oydinlaşdi.

Buni Özbekistonning Vengriyadagi elçixonasi ham tasdiqlab, marhumlarning oilasiga hamdardlik bildirdi.

Mas’ullarning aytişiça, şu kunlari tinimsiz yoğgan yomğir ulkan xarsangtoşning joyidan qözğalişiga sabab bölgan.

«Vafot etganlarning yaqinlariga va oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz. Uşbu baxtsiz hodisa, afsuski, dunyoning istalgan nuqtasida sodir bölişi mumkin bölgan tabiiy ofat natijasida röy berdi», — deyiladi elçixona ta’ziya xabarida.

Özbekiston barça tafsilotlarni aniqlaş uçun sinçkovlik bilan tergov ötkazmoqda. Şuningdek, halok bölganlarning jasadini vataniga tez orada qaytarişda töliq yordam berişga tayyor.

Namanganda yana voyaga yetmagan öquvçi avariya sodir etdi – bu safar ham ijaraga olingan maşinada

Yana bir noxuş holat eslaşga arziydi nazarimizda. Namanganlik avtomobillar ijaraçilari yana haydovçilik guvohnomasi yöq maktab öquvçisiga ijaraga maşina taqdim etişgan. Maktab öquvçisi ijaraga olgan maşina bilan “avariya” sodir etdi.

Namangan şahar Davlatobod tumanidagi xususiy maktablardan birining 9-sinfida öqişi aytilayotgan ösmir katta tezlikda boşqaruvni yöqotgan, maşina aylanib ketgan va yöl çetidagi belgiga urilib, teskari ögirilib qolgan.

Avvaliga öquvçi maşina akasiga tegişli ekanini aytgan. Biroq suriştiruvlar davomida maşina boşqa şaxsga tegişli ekani, uni ösmir ikki soatga 150 ming sömga ijaraga olgani aniqlangan.

Maşinada öquvçi sinfdoşi bilan bölgan. Hodisada baxtli tasodif tufayli heç kim jarohatlanmagan va halok bölmagan.

Afsuski bu kabi holatlar Namanganda an’ana tusiga kirib qolgan. Avvalroq 5 nafar öquvçi Namangan şahrida Gentra maşinasini ijaraga olib boşqarayotib YTH sodir etgandi. Öşanda ularning bir nafari voqea joyida, yana ikki nafari şifoxonada vafot etgan edi. Şu hodisa tafsilotlarini örgangan Kun.uz muxbiriga intervyu bergan şifokor bu kabi holatlar yiliga 3-4 martalab sodir bölayotganini, ularni har birida yoş yigitlar ölayotganini aytgandi.

Mazkur fojiadan ijaraçilar va Namangandagi mutasaddilar tegişli xulosa çiqarmagan körinadi. Respublika darajasidagi idoralarda ularning tanobini tortib qöyadigan biror mard yöqqa öxşaydi.

Metrodagi voqea

Endi yaxşi xabarlarga ötsak. Yakuniga yetayotgan haftada kulgili, ammo foydali hodisa yuz berdi: Toşkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida, odamlar köz öngida bir erkak hojatini çiqardi. Boşqa bir yölovçi tomonidan yozib olingan bu video tarmoqlarda tarqagaç butun metropoliten tizimidagi köp yillik muammoni oçib taşladi.

Foydalanuvçilar metroda hojatini çiqargan erkakni ayblaş örniga, bekatlarda jamoat hojatxonasi yöqligi va bu köplab yölovçilarga muammo tuğdirayotgani borasidagi fikrlari bilan internetni portlatişdi.

Toşkent metropoliteni matbuot xizmati voqeaga tezkor munosabat bildirib, “Çilonzor” bekatida qurilgan ona-bola xonasi va hojatxona tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli ötganini tösatdan yodga olib, boşqa 9 ta bekatda ham şunday maxsus xonalar qurilişini ma’lum qildi.

Quriladigan hojatxonalar pulli böladi.

Hojatxona hamda maxsus xonalar yölovçilar gavjum bekatlarda qurilişi aytilmoqda, biroq hozirça aynan qaysi metro bekatlarida qurilişi ma’lum qilinmagan.

Faollar köp yillik muammoga loqaydlikni öziga xos tarzda oçib bergan bu insonga bepul advokat taqdim qiliş, mabodo u qilmişi uçun jarimaga tortilsa, odamlardan pul töplab berişga kelişib olişgan.

Yer uçastkalari uçun sönggi “aksiya” start oldi

8 noyabrdan boşlab noqonuniy egallangan yer uçastkalariga mulk huquqi taqdim etiş böyiça aksiya kuçga kirdi.

Qonun doirasida barça yer uçastkalari xatlov qilinib, kosmik suratlar bilan soliştiriladi. Qonunga köra millionlab özbekistonliklarning kadastr hujjatlari yöq yer uçastkalari va ularda qurilgan binolarga bölgan huquqlari tan olinadi. Fuqarolardan esa faqat ma’lum bir tölov qiliş talab etiladi.

Xöş, qonun qanday tartibda işlaydi, fuqarolar e’tirozli holatlarda kimga murojaat qilişi kerak?

Avvalo, qonun bilan 2018 yil 1 may kunigaça yakka tartibdagi uy-joy qurib, özboşimçalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inşootlar hamda şu sanagaça fuqarolar va taşkilotlar tomonidan hujjatda körsatilgan maydondan ortiqça egallangan yer hamda undagi bino va inşootlar rasmiylaştirib beriladi.

Şuningdek, avval ötkazilgan “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etiş oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inşootlar; şuningdek, hokimlarning vakolati bekor qilingan 2021 yil 8 iyunga qadar tuman/şahar hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanmagan yerlarga egalik huquqi rasmiylaştirib beriladi.

Kadastr agentligi yaratgan “E’TIROF” dasturi yoki rasmiy saytida barça fuqarolar One-ID orqali röyxatdan ötib, bu jarayonlarni kuzatib turişi ham mumkin.

Millionlab hamyurtlarimizga daxldor masala bölgani uçun Kun.uz uşbu aksiya qanday tartibda işlaşi haqida videolar berib bormoqda. Qiziqqanlar ularni YouTube kanalimizdan topişlari mumkin.

Mirziyoyev Trampni tabrikladi

Okean ortida yuz bergan bölsa ham özbekistonliklar katta qiziqiş bilan kuzatgan haftaning eng şov-şuvli siyosiy hodisasi AQŞdagi prezidentlik saylovi böldi, desak adaşmagan bölamiz.

Unda respublikaçilardan nomzod, sobiq prezident Donald Tramp ğalaba qozondi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Donald Trampga AQŞ prezidenti saylovida ğalaba qozonib, uşbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yölladi.

«Saylovlardagi işonçli ğalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatçining AQŞni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oşiriş, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlaşga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qöllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi», — deyiladi tabrik xatida.

Prezident tabrigida şuningdek, uzoq muddatli va keng qamrovli Özbekiston-AQŞ munosabatlarini yangi bosqiçga kötariş maqsadida AQŞ prezidenti Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişi taklif etilgan.

Şuhrat Şokirjonov tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov