Unda Yevropadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari professorlari, ilmiy tadqiqotçilar, arxeologlar, tarixçi olimlar va talabalar iştirok etdi.

Taqdimot davomida Özbekiston elçixonasi xodimlari tomonidan mazkur loyihaning respublika hududi tarixini örganişdagi ahamiyati va yurtimiz hududlarining qadimiy Ipak yöli rivojidagi muhim örni haqida ma’lumot berildi.

Mazkur grant loyihasi Yevropa Komissiyasi tomonidan moliyalaştiriladi.

Loyiha Ipak yölining eng muhim manzillari hisoblangan Özbekiston va uning hududida bronza davrida metall işlab çiqariş texnologiyalarining evolyutsiyasi va bosqiçlariga bağişlanadi.

Kelgusida Özbekiston olimlarining mazkur loyihaga jalb etilişi nazarda tutilgan.

"Bugun "Yevrosiyo metallurgiyasining evolyutsiyasini kaşf qiliş (R): bronza davrida metallardan foydalanişga asoslangan iqtisodiyotning ijtimoiy va ekologik ta’siri" mavzusidagi arxeologik loyihamizning rasmiy oçiliş marosimini ötkazdik. Loyihadagi asosiy tadqiqotlar Özbekiston  hududida amalga oşiriladi. Bu Buyuk Britaniyadagi özbek madaniy va arxeologik merosini tahlil qiliş va örganiş uçun noyob imkoniyatlardan biridir. Biz Özbekiston Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti, şuningdek, Samarqanddagi Ipak yöli markazi bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyganmiz. Öylaymizki, mazkur tadqiqotlar kelgusida arxeologik davrlarni kengroq örganişga turtki beradi", – dedi loyiha rahbari Milyana Radivoyeviç.