Soliq qömitasi xabariga köra, 2023 yil 1 apreldan “Quyoşli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyoş panellarini örnatgan jismoniy şaxslarga quyoş paneli orqali işlab çiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uçun 1000 sömdan subsidiya ajratilişi belgilangan.

2024 yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy şaxs uşbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga ötkazilgan quyoş energiyasi uçun 8,9 milliard söm (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya olgan.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga töğri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati — 2,1 milliard söm;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi — 1,5 milliard söm;
  • Toşkent şahri — 1,2 milliard söm.