Ğarb Rossiya uçun oqibatlarni oğirlaştirişi va Ukrainadagi mojaroning «trayektoriyasini özgartirişi» kerak, dedi NATO boş kotibi Mark Ryutte.
«Rossiya Şimoliy Koreya, Eron va Xitoy bilan hamkorlik qilib, nafaqat Yevropaga tahdid soladi, balki Hind-Tinç okeani va Şimoliy Amerikada tinçlik va xavfsizlikka tahdid soladi. «Biz transatlantik ittifoqimizni mustahkam saqlaşimiz kerak. Biz duç kelayotgan eng muhim muammo, şubhasiz, Ukrainani qöllab-quvvatlaşdir», dedi u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birga ötkazilgan matbuot anjumanida.
Ryutte, ukrainaliklar «2022 yildan beri eng oğir qişga tayyorgarlik körayotganini» va AQŞ bilan Yevropa Ittifoqi «uzoq yölni bosib ötiş» majburiyatini tasdiqlaşi kerakligini aytdi.
«Biz Ukrainani kuraşda qöllab-quvvatlaşdan ham köproq narsani qilişimiz kerak. Rossiya uçun oqibatlarni oğirlaştiriş va Kiyevga «mojaroning trayektoriyasini özgartiriş uçun zarur bölgan yordam» körsatilişi kerak», dedi NATO boş kotibi.
Şu bilan birga, Ryutte ikkinçi muhim vazifa bu yanada xavfli dunyoda NATO mudofaasini kuçaytiriş ekanini ta’kidladi.
«Tezroq harakat qiliş uçun bizga kuçli transatlantik mudofaa hamkorligi kerak. Mudofaaga köproq sarmoya kiritiş lozim. Mudofaaga qança köp mablağ sarflasak, kelajakdagi mojarolar xavfini şunçalik kamaytiramiz… Mudofaa investitsiyalarining yuqori darajasi bizga mudofaa kuçini saqlaşga, sanoatimizni mustahkamlaşga va milliardlab fuqarolarimiz hayotini xavfsiz saqlaşga imkon beradi», dedi u.








