Toşkent şahar hokimligi poytaxt köçalarida pulli töxtaş joylarini boşqariş huquqi uçun savdolar ötkazmoqda. 

Barça tumanlarda ijaraga beriladigan maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Bunga quyidagi köçalarning qismlari kiradi:

  • poytaxtning markaziy qismida (jumladan, Amir Temur xiyoboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahyo Ğulomov, Özbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Şevçenko, Şahrisabz, Yakkaçinor, Şastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimjon, Çexov va boşqa köçalar);
  • Uçtepa va Çilonzor tumanlarida (Kiçik halqa avtomobil yöli, Farhod, Lutfiy, Çöponota, Muqimiy, Qatortol, Çilonzor, Arnasoy, Yesenin, Beşqayrağoç köçalari);
  • Sergeli va Yangihayot tumanlarida (Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Şokirariq, Islom Sattorov, Qipçoq, Qörğontepa, Birodarlik köçalari);
  • Olmazor va Şayxontohur tumanlarida (Labzak, Sebzor, Gulobod, Forobiy, Beltepa, Qoraqamiş, Qorasaroy, Şimoliy Olmazor köçalari);
  • Bektemir tumanida (Husayn Boyqaro köçasi);
  • Mirobod tumani (Yangi Qöyliq köçasi);
  • Yaşnobod tumanida (Ohangaron yöli köçasi, Quyi Talariq, Sivets, Quruvçilar köçalari).

Ijara muddati 3 yilni taşkil qiladi. Dastlabki ikki yil içida ijaraçi avtoturargohlarni jihozlaş, parkomatlar va harakatni taşkil etiş vositalarini örnatiş, şuningdek, kommunikatsiya va aloqani amalga oşiriş uçun kamida $5 mln sarmoya kiritişi kerak.

Avtoturargohdan tuşgan tuşumning kamida 1/12 qismi Toşkent şahar yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş jamğarmasiga ötkazilişi kerak. Bundan taşqari, ijaraçi avtoturargohlardan maqsadli va qonuniy foydalaniş monitoringini ta’minlaşi kerak.

Yillik ijara boşlanğiç narxi 57,21 mlrd sömni taşkil etadi.