AQŞ davlat departamenti (Davlat kotibi)

Tramp ma’muriyatida taşqi siyosat idorasini katta ehtimol bilan floridalik senator Marko Rubio egallaydi — bu haqda dastlab The New York Times öz manbalariga asoslanib xabar tarqatdi, keyin Amerikaning boşqa köplab yirik naşrlari bu ma’lumotni tasdiqladi.

Jurnalistlarga köra, bu borada hali yakuniy qarorga kelinmagan, ammo sönggi haftalar davomida Amerika diplomatiyasi rahbari lavozimi haqida gap ketganda asosan Rubio familiyasi tilga olingan.

Amerika naşrlari yozişiça, Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rubio nomzodini vitse-prezidentlik uçun ham körib çiqqan, ammo yakunda Jyey Di Vens nomzodiga töxtalgan, Rubio esa uning işonçli vakili sifatida tanlangan.

53 yoşli Rubio çindan ham bu lavozimni egallasa, bu uning Tramp bilan munosabatlaridagi buriliş böladi, deya qayd etadi AFP. 2016 yilda, ikki siyosatçi Respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod böliş uçun kuraşganida, Rubio Trampni «firibgar» va «prezidentlikka da’vogarlik qilganlar orasidagi eng badaxloq kişi» deb atagandi. Tramp esa Rubioni «kiçik Marko» degan va uning televideniyedagi çiqişini masxara qilgandi.

Rubio kongressdagi «qirğiy»lardan biri sanaladi. U Isroilning Ğazo sektoridagi harakatlarini sözsiz qöllab-quvvatlaydi, şuningdek, «Amerika duşmanlari»hisoblanadigan Eron, Venesuela va Kubaga nisbatan qat’iy pozitsiya egallagan. NY Times eslatişiça, 2019 yilda aynan Rubio Trampni Nikolas Maduroni ağdariş uçun (yakunda bunga erişilmagan) Venesuela hukumatiga qarşi keng kölamli sanksiyalar joriy qilişga köndirgan.

Rubio Xitoy borasida ham qat’iy siyosat tarafdori. U kongressda Xitoy hukumati tomonidan inson huquqlari buzilişining oldini oliş maqsadida Pekinga qarşi çeklov çoralarini işlab çiqariş bilan şuğullangan ikki partiyali komissiyaga hamrais bölgan. 2020 yilda u Xitoyning uyğurlar majburiy mehnatidan foydalangan holda işlab çiqarilgan mahsulotlarini import qilişni taqiqlovçi qonun loyihasini işlab çiqqandi.

Rubio Ukrainadagi uruş borasida avvaliga Rossiyaga nisbatan keskin fikrlar bildirgan, sönggi vaqtlarda esa Trampning ritorikasiga amal qilib kelmoqda: u mojaro boşi berk köçaga kirib qolgani va uni yakunlaş böyiça yeçim topiş zarurligini aytadi. NYT’ning yozişiça, katta ehtimol bilan, davlat kotibi lavozimini egallaganidan keyin u Ukrainani yaqin istiqbolda NATOga a’zo bölişdan voz keçgan holda Rossiya bilan tinçlik kelişuviga erişişga undaydi. U yaqindagi intervyularidan birida Kiyev Rossiya bosib olgan hududlarni qaytara olmasligi haqida gapirgandi.