Dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining «ayrim hududlarida» rus segmentini xalqaro internet tarmoğidan uziş böyiça maşğulotlar ötkaziladi. Bu haqda Rossiya banki özi nazorat qiladigan kompaniyalarni xat bilan xabardor qildi. Murojaatdan parçalar 14 noyabr, payşanba kuni «Kommersant» gazetasida çop etildi.

Roskomnadzor matbuot xizmatining ta’kidlaşiça, bunday «muntazam» maşqlar har yili taşkil etiladi va foydalanuvçilarga ta’sir qilmaydi.

Idora ma’lumotlariga köra, maşğulotlar operatorlar bilan birgalikda ötkaziladi. Taşqaridan qasddan öçiriş holati böyiça çoralar körilyapti va işi xorijiy tarmoqlardagi servislar, kutubxonalar va resurslar bilan aloqaga boğliq bölgan tizimlar aniqlanyapti, deya işontirmoqda Roskomnadzor.

Maqsad «taşqi ta’sirlar yuzaga kelgan taqdirda asosiy xorijiy va Rossiya servislarini» qöllab-quvvatlaşni tasdiqlaşdir, deya ma’lum qildi idora.

Apple BBC, The Insider va «Exa Moskvy» podkastlarini Rossiyada yaşirib qöydi

Amerikaning Apple texnologiya korporatsiyasi Rossiyadagi foydalanuvçilar uçun BBC rus xizmatining «Çto eto bylo?» şousini, «Exo Moskvy» radiosi va The Insider naşri podkastlarini yaşirib qöydi. Bu haqda 14 noyabr kuni «Mediazona» xabar berdi. Bu kontent aynan qaçon yaşirilgani noma’lum.

Rossiyalik foydalanuvçilar faqat avval tinglagan va yuklab olgan yaşirin podkastlarga kiriş imkoniga ega, yangi foydalanuvçilarda esa ularni qidiruvda topiş imkoni yöq, deb yozadi naşr. Oxirgi mavjud epizod 8 noyabrda çiqdi.

Şu bilan birga, BBC rus xizmatining qolgan beşta podkastlari rossiyalik foydalanuvçilarga oçiqligiça qolmoqda. Rossiya Federatsiyasidan taşqarida ham barça yaşirin podkastlar mavjud.