Xitoylik ayol bir kunda oltita kosmetik operatsiyani boşdan ötkazgandan söng şifoxonada vafot etdi. SCMP naşri ma’lumotlariga köra, uning oilasi klinikaga qarşi 168 000 dollarlik da’vo arizasi bilan murojaat qilgan, ammo ikki baravar kam pul olgan.
2020 yil 9 dekabrda Guansi provinsiyasidan Lyu ismli ayol oltita kosmetik muolajaga haq tölaş uçun bankdan 5,6 ming dollardan ortiq kredit olib, Nannin şahridagi klinikaga kelgan.
Öşa kunning özida uning qovoqlari va burnini plastik operatsiya qilişgan, amaliyot beş soat davom etgan. Şundan söng ayolning sonidan yoğ sörib oliş muolajasi ötkazilgan, ertasi kuni ertalab öşa yoğ yuz va kökrak sohasiga yuborilgan. Bu amaliyot ham beş soat davom etgan.
11 dekabr kuni Lyu kasalxonadan çiqdi. Ammo liftga yetib borişi bilan huşidan ketdi. Klinikadagilar unga yordam bera olmaganidan söng bemor boşqa şifoxonaga ötkazildi, u yerda keyinçalik uning vafoti e’lon qilindi.
Murdani yorib köriş töğrisidagi hisobotda ayol liposaksiyadan keyingi asoratlar tufayli ötkir nafas yetişmovçiligidan vafot etgani körsatilgan.
Lyuning sakkiz yaşar qizi va tört yaşar öğli bor edi. Lyu oilasi klinikani sudga berib, 1,18 million yuan (168 ming dollar) tovon puli talab qildi.
“Klinika menga kompensatsiya sifatida 200 ming yuan taklif qildi. Men bir odamning ölimi uçun kamida 1 million yuan tölaş kerakligini aytdim”, — dedi uning eri. “Ularning taklifini rad etib, sudga murojaat qilişimizni bildirdim”.
2021 yil may oyida sud dastlab klinikani Lyuning ölimi uçun töliq javobgar deb topdi va 1 million yuandan ortiq (140 ming dollar) miqdorida tovon puli tölaşni belgiladi.
Biroq klinika apellyatsiya berdi. 2023 yilning avgustida sud klinikaning qisman javobgarligini tan olib, tovon pulini 590 ming yuangaça kamaytirişga qaror qildi.
Tekşiruv natijalariga köra, Lyuning ölimiga uning şaxsiy jismoniy holati ham sabab bölgan bölişi mumkin va u xavf haqida bilgan. Ta’kidlanişiça, klinika muolaja ötkaziş uçun zarur hujjatlarga ega bölgan, olib taşlangan yoğ miqdori esa tibbiy me’yorlarga mos kelgan.











