2025 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 45 mlrd dollardan oshadi
Keyingi yilning yakunida O‘zbekistonning davlat qarzi 45,1 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,7 foizni tashkil qilishi prognoz qilinyapti.

Foto: AP
O‘zbekiston davlat qarzi 2025 yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda «Fuqarolar uchun budjet» nashrining keyingi yil uchun ishlab chiqilgan loyihasida keltirib o‘tilgan.
«Davlat tashqi qarzi 2024 yil yakunida 33,9 mlrd dollar (YaIMga nisbatan 30,3 foiz), 2025 yilda 39,4 mlrd dollar (YaIMga nisbatan 32,1 foiz) bo‘lishi kutilmoqda», deyiladi hisobotda.
Joriy yilda tashqi qarz olish chegarasi 5 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 5,5 mlrd dollargacha oshiriladi. Ushbu mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 mlrd dollari esa investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Keyingi yilda O‘zbekiston nomidan 30 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ham ko‘zda tutilyapti.
Avvalroq, kelgusi uch yil ichida davlat qarzi 40 foizdan ko‘proqqa oshishi mumkinligi xabar qilingandi. Xususan, bu ko‘rsatkich 2024 yilning yakunida 39,7 mlrd dollarga yetadigan bo‘lsa, 2027 yilning oxiriga borib 55,9 mlrd dollarni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
O‘zbekiston | 17:23
-
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
O‘zbekiston | 17:22
-
Saida Mirziyoyeva YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 17:21
-
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

09:44 / 11.04.2025
AQShning davlat qarzi chegarasi yana oshiriladi

15:39 / 27.02.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 40 mlrd dollardan oshdi

16:15 / 25.12.2024
Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi

16:30 / 11.12.2024